Shenzhen elektronika va komponentlar uchun kuchli yo‘nalish. Bazada hozir 17 ta lokatsiya bor. Mahsulotni model kodi, komplekti va holati bo‘yicha tekshirmasdan katta xarid qilish kerak emas.
Shenzhen deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga arzon elektronika keladi. Lekin elektronikada “arzon” degan so‘zning o‘zi yetmaydi. Bir xil qadoqdagi ikki mahsulotning ichki detali, komplekti va sifati butunlay boshqa bo‘lishi mumkin.
Shenzhen kimga kerak?
- Telefon va aksessuar bilan ishlaydiganlarga
- Elektron komponent izlayotganlarga
- Kompyuter, tarmoq va texnologiya mahsulotlari kerak bo‘lganlarga
- Taqinchoq ulgurji yo‘nalishini ko‘rmoqchi bo‘lganlarga
Shenzhen ayniqsa texnik mahsulot bilan ishlaydigan odamga foydali. Lekin bu shahar “boraman, eng arzonini topaman” degan usulda ishlamaydi. Texnik topshiriq aniq bo‘lishi kerak.
Elektronikada eng muhim savol — aynan qaysi model?
- Model kodi
- Xotira va quvvat ko‘rsatkichi
- Komplekt ichida nima borligi
- Yangi, ishlatilgan yoki tiklanganligi
- Kafolat va sinov sharti
Surat bir xil ko‘rinishi mumkin. Qadoq ham chiroyli bo‘lishi mumkin. Lekin ichidagi mahsulotni joyida yoqib ko‘rmasdan, modelini yozma tasdiqlamasdan katta partiya olish xavfli.
17 ta lokatsiya hozircha nimani qamraydi?
- Elektronika bozorlari
- Komponent va aksessuar yo‘nalishlari
- Taqinchoq savdo joylari
Shenzhen bo‘limi bazada bor, lekin hali kengaytirib boryapman. Hozirgi 17 ta lokatsiya odamga asosiy yo‘nalishni beradi. Yangi joylar tekshirilgani sari qo‘shiladi.
Taqinchoq yo‘nalishi
Shenzhen faqat elektronika emas. Tilla, kumush va boshqa taqinchoq ulgurji savdosi bo‘yicha ham foydali yo‘nalishlar bor. Lekin narx, tarkib va hujjatni o‘zingiz tekshirmasdan faqat “arzon ekan” deb qaror qilmang.
Men tavsiya qiladigan tekshiruv
- Bitta namunani to‘liq sinang
- Qadoq va mahsulot kodini solishtiring
- Sotuvchining aytganini yozma ko‘rinishda oling
- Katta buyurtmadan oldin kichik partiyada tekshiring
Elektronikada bitta kichik tekshiruv keyinchalik katta zarar oldini olishi mumkin. Bu yerda tezlikdan ko‘ra aniqlik muhimroq.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.



