Shaxboz Shukurov — Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi logistika va savdo jarayonlari bilan amalda shug‘ullanadigan mutaxassis.
Bu saytdagi maqolalar internetdagi umumiy gaplarning qayta yozilgani emas. Ular mening Xitoydagi hayotim, savdo va logistika tajribam, “Xitoyga birinchi qadam” kitobim hamda tekshirilgan ochiq manbalar asosida tayyorlanadi.
Xitoyni internetdan emas, ichidan biladigan tajriba
- Xitoyda ancha yillar yashab ishlagan
- Shanghai, Guangzhou va Yiwu shaharlarida doimiy yashagan
- Xitoydagi ikki kompaniyaga rahbarlik qilgan
Men Xitoyni faqat sayohatchi sifatida ko‘rmaganman. Kundalik hayot, savdo, logistika va tadbirkorlar duch keladigan muammolarni ichidan ko‘rganman.
Asosiy faoliyatim — logistika va savdo
- Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk jarayonlari
- Savdo yo‘nalishlari
- Tadbirkorlar bilan amaliy ishlash
Saytda bozorlar haqida yozsam ham, mening asosiy tajribam oddiy narx aytib yurish emas. Men logistika va savdo jarayonlari bilan amalda shug‘ullanaman.
“Xitoyga birinchi qadam” kitobi
- Safarga tayyorgarlik
- Aeroport va transport
- Bozorlar, savdolashish va kargo
- Qaytishgacha bo‘lgan amaliy yo‘l
Saytdagi ko‘p maqolalar avval yozgan kitobimdagi tajribalar asosida qisqa va yangilangan shaklga keltirilgan.
Xitoy Bazasi
- Xitoy bozorlarini topish
- Xitoycha nom, lokatsiya va borish yo‘li
- Do‘kon va zavod videolari
- Foydali amaliy materiallar
Xitoy Bazasi odamga tayyor manzil va yo‘nalish berish uchun yaratilgan. U shaxsiy sourcing yoki doimiy konsultatsiya xizmati emas.
Maqolalar qanday yoziladi?
- Real tajriba
- Kitobdagi bilimlar
- Tez o‘zgaradigan ma’lumotlarda rasmiy manba
Saytdagi maqolalar umumiy internet matnlari emas. Ular mening real tajribam, kitobim va tekshirilgan amaliy manbalar asosida tayyorlanadi.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.



