Ko‘p turdagi iste’mol buyumlari uchun Guangzhou; mayda va aralash assortiment uchun Yiwu; elektronika uchun Shenzhen; mato va tekstil uchun Shaoxing kuchliroq.
Noto‘g‘ri shahar tanlash safarning eng qimmat xatolaridan biri. Xitoy katta va bitta shahar hamma mahsulot uchun bir xil kuchli emas.
Guangzhou
- 119 ta lokatsiya
- Kiyim-kechak
- Oyoq kiyim
- Sumka
- Kosmetika
- Tekstil
- Mebel
- Avtoaksessuar va boshqa yo‘nalishlar
Ko‘p kategoriya va keng assortiment ko‘rish kerak bo‘lsa, Guangzhou kuchli yo‘nalish.
Yiwu
- Futian bozori va undan tashqari 6 ta lokatsiya
- Mayda buyum
- Aralash assortiment
- Uy-ro‘zg‘or va aksessuar
Ko‘p turdagi mayda tovarni bir joyda solishtirish uchun Yiwu qulay.
Shenzhen
- 17 ta lokatsiya
- Elektronika
- Komponentlar
- Taqinchoq
Texnik tovar va elektronika yo‘nalishida Shenzhen foydali.
Shaoxing
- 19 ta lokatsiya
- Mato
- Ip
- Paypoq
- Tekstil
Tekstil bilan ishlaydiganlar uchun Shaoxing maqsadga yaqinroq.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.




