QISQA JAVOB

Avval mahsulot, keyin shahar, undan keyin bozorning Xitoycha nomi va aniq kirish nuqtasi.

Bozor nomini bilishning o‘zi yetmaydi. Xitoyda bir xil yoki o‘xshash nomli savdo majmualari, turli bino va qavatlar bo‘lishi mumkin.

1. Mahsulotni aniq yozing

  • Kategoriya
  • Material
  • Narx segmenti
  • Ulgurji yoki dona
  • Kerakli hajm

Avval mahsulot aniqlanadi, keyin shahar va bozor tanlanadi.

2. Shaharni mahsulotga qarab tanlang

Guangzhou, Yiwu, Shenzhen va Shaoxing bir xil vazifa bajarmaydi. Mashhur shahar emas, mahsulotga mos yo‘nalish kerak.

3. Bozorning Xitoycha nomini saqlang

Xitoycha nomni taksichiga, mehmonxona xodimiga yoki mahalliy odamga ko‘rsatish osonroq.

4. Kirish nuqtasini aniqlang

  • Xarita pin
  • Bino yoki korpus
  • Qavat
  • Eng yaqin metro chiqishi
  • Ish vaqti

Katta bozorning noto‘g‘ri eshigidan kirish ham ko‘p vaqt yo‘qotadi.

5. O‘sha kuni tekshiring

Bozor ko‘chishi, yopilishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin. Borishdan oldin yangi sharh, telefon yoki mahalliy ma’lumot bilan tekshiring.

Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.