QISQA JAVOB

Xitoy bilan biznes mahsulot qidirishdan oldin xaridor, tannarx, hajm va savdo modelini aniqlashdan boshlanadi.

Ko‘pchilik Xitoy bilan biznesni “nima olib kelsam yuradi?” degan savoldan boshlaydi. Menimcha, to‘g‘ri savol bundan oldin keladi: kimga sotasiz, qancha hajmda olasiz va barcha xarajatdan keyin foyda qoladimi?

1. Avval xaridorni aniqlang

  • Kim sotib oladi?
  • Qaysi muammosini hal qilasiz?
  • Qancha to‘lashga tayyor?

Xaridor noma’lum bo‘lsa, eng arzon mahsulot ham qo‘lda qolishi mumkin.

2. Tannarxni to‘liq hisoblang

  • Xitoydagi narx
  • Ichki yetkazish
  • Kargo
  • Bojxona va O‘zbekistondagi xarajat

Foyda faqat Xitoydagi narx bilan sotuv narxi orasidagi farq emas.

3. Bozor, zavod va xizmatni aralashtirmang

  • Bozor — variant ko‘rish uchun
  • Zavod — aniq texnik topshiriq va hajm uchun
  • Xizmat — topish, tekshirish yoki kuzatish uchun

Ko‘p odam shu uchalasini aralashtirib, noto‘g‘ri natija kutadi.

4. Xitoy Bazasi nima beradi?

  • Tayyor bozor lokatsiyalari
  • Do‘kon va zavod videolari
  • Shahar va yo‘nalishni tez topish

Xitoy Bazasi individual sourcing emas. U mavjud materiallardan mustaqil foydalanish uchun tayyorlangan amaliy baza.

Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.