Minimal to‘plam: Alipay, WeChat, xarita, DiDi, 12306 va offline tarjima.
Xitoyga tushgandan keyin internet va ilova qidirishni boshlash o‘rniga asosiy vositalarni uyda tayyorlab qo‘ying.
1. To‘lov
- Alipay
Hisob oching, shaxsni tasdiqlash va kartani ulash jarayonini safardan oldin bajaring.
2. Xarita va yo‘l
- Apple Maps — iPhone uchun
- Amap/Gaode yoki Baidu Maps — mahalliy yo‘nalishlar uchun
Manzillarni Xitoycha nom bilan saqlang. Google xizmatlari Xitoyda odatdagidek ishlamasligi mumkin.
3. Taksi
- DiDi-Greater China
- Alipay yoki WeChat ichidagi ride-hailing xizmatlari
Mehmonxona va bozor manzilini oldindan “sevimlilar”ga saqlang.
4. Poyezd va safar
- China Railway 12306
- Trip.com yoki aviakompaniya ilovasi
Pasportdagi ism-familiyani aynan bir xil kiriting.
5. Tarjima va aloqa
- Offline tarjima paketiga ega tarjimon ilovasi
- Telefonning ekran tarjimasi yoki kamera tarjimasi
Muhim gaplarni Xitoycha tayyor matn qilib saqlab qo‘ying.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.




