Liniya, yo‘nalish, almashuv va chiqish raqamini oldindan screenshot qiling.
Metro katta shaharlarda eng tez va arzon transportlardan biri. Eng ko‘p xato — to‘g‘ri stansiyaga kelib, noto‘g‘ri chiqishdan chiqish.
1. Yo‘nalishni oldindan ko‘ring
- Boshlang‘ich stansiya
- Yo‘nalish raqami yoki rangi
- Almashuv stansiyasi
- Oxirgi stansiya yo‘nalishi
- Chiqish harfi yoki raqami
Screenshot internet bo‘lmasa ham yordam beradi.
2. Kirish va to‘lov
Shaharga qarab Alipay/WeChat transport kodi, mahalliy transport kartasi yoki bir martalik token ishlatiladi. Telefoningiz ishlamasa, avtomatdan chipta oling.
3. Xavfsizlik nazorati
Ko‘p metro bekatlarida sumka skanerdan o‘tadi. Suyuqlikni tekshirishlari mumkin.
4. Poezd yo‘nalishini tekshiring
Platformada liniyaning qaysi oxirgi stansiya tomonga ketayotganini ko‘ring. Faqat liniya rangiga qarab chiqib ketmang.
5. Chiqish raqami muhim
Katta bekatda turli chiqishlar bir-biridan uzoq bo‘lishi mumkin. Bozor yoki mehmonxona uchun to‘g‘ri exit’ni oldindan yozing.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.



