Aeroportga erta keling, bagaj normasini va hujjatlarni uyda tekshiring, gate o‘zgarishini kuzating.
Aeroportdagi shoshilishning ko‘pi hujjat, bagaj va vaqt oldindan tekshirilmagani sababli yuz beradi.
1. Erta keling
Xalqaro reys uchun aviakompaniya ko‘rsatgan vaqtda, amalda esa odatda kamida 3 soat oldin kelish xavfsizroq. Bayram va mavsumda ko‘proq vaqt qoldiring.
2. Birinchi navbatda tekshiring
- Reys va terminal
- Pasport
- Chipta yoki bron kodi
- Bagaj normasi
- Mehmonxona va qaytish chiptasi
Telefon quvvati va internetni aeroportga kirishdan oldin tekshiring.
3. Deklaratsiya kerak bo‘lishi mumkin
Katta miqdordagi naqd pul, qimmatbaho buyum, maxsus dori, dron yoki tijorat uchun mo‘ljallangan tovar bo‘lsa, amaldagi bojxona qoidalarini oldindan tekshiring va zarur bo‘lsa deklaratsiya qiling.
4. Xavfsizlik nazoratiga tayyor bo‘ling
- Noutbukni alohida chiqarish
- Metall buyumlarni olib qo‘yish
- Suyuqlik va powerbankni ko‘rsatish
- Tashqi kiyimni yechish talabiga tayyor turish
Tekshiruv joyida narsalarni shoshilib qoldirib ketmaslik uchun bitta tartibda yig‘ing.
5. Samolyotga chiqish darvozasini kuzating
Gate o‘zgarishi mumkin. Monitor va aviakompaniya xabarlarini tekshirib turing.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.



