QISQA JAVOB

Liniya, yo‘nalish, almashuv va chiqish raqamini oldindan screenshot qiling.

Metro katta shaharlarda eng tez va arzon transportlardan biri. Eng ko‘p xato — to‘g‘ri stansiyaga kelib, noto‘g‘ri chiqishdan chiqish.

1. Yo‘nalishni oldindan ko‘ring

  • Boshlang‘ich stansiya
  • Yo‘nalish raqami yoki rangi
  • Almashuv stansiyasi
  • Oxirgi stansiya yo‘nalishi
  • Chiqish harfi yoki raqami

Screenshot internet bo‘lmasa ham yordam beradi.

2. Kirish va to‘lov

Shaharga qarab Alipay/WeChat transport kodi, mahalliy transport kartasi yoki bir martalik token ishlatiladi. Telefoningiz ishlamasa, avtomatdan chipta oling.

3. Xavfsizlik nazorati

Ko‘p metro bekatlarida sumka skanerdan o‘tadi. Suyuqlikni tekshirishlari mumkin.

4. Poezd yo‘nalishini tekshiring

Platformada liniyaning qaysi oxirgi stansiya tomonga ketayotganini ko‘ring. Faqat liniya rangiga qarab chiqib ketmang.

5. Chiqish raqami muhim

Katta bekatda turli chiqishlar bir-biridan uzoq bo‘lishi mumkin. Bozor yoki mehmonxona uchun to‘g‘ri exit’ni oldindan yozing.

Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.