Ko‘p holatda halol restoranlar yaqinidagi mehmonxonada turib, bozorga metro yoki taksida qatnash qulayroq.
Mehmonxonani faqat “bozorga yaqin bo‘lsin” deb tanlash har doim ham muvaffaqiyatli emas. Kun bo‘yi bozor aylanib charchagandan keyin halol ovqat topish amalda ko‘proq ahamiyatli bo‘lib qoladi.
1. Avval hududni tanlang
- Halol restoranlar yaqinligi
- Metroga chiqish qulayligi
- Kechqurun qaytish osonligi
Bozorga juda yaqin, lekin ovqat topish qiyin hududdan ko‘ra, kundalik yashash qulay bo‘lgan hudud ko‘proq foyda berishi mumkin.
2. Xorijliklarni qabul qilishini tekshiring
Bron qilishdan oldin mehmonxona xalqaro pasport bilan xorijiy mehmonni qabul qilishini tasdiqlang.
3. Nonushta masalasini hisobga oling
Xitoy mehmonxonalaridagi nonushta har doim ham musulmon sayohatchiga mos kelmaydi. Yaqinda halol restoran bo‘lishi shu sababli ham muhim.
4. Bazadagi mehmonxona materiallari
- Guangzhou va Yiwu bo‘yicha 35+ misol
Bu tayyor bron ro‘yxati emas. Tadbirkorga to‘g‘ri hududni tushunish va o‘ziga mos mehmonxonani topishga yordam beradigan misollar.
Asos: Shukurov Sh. F. — “Xitoyga birinchi qadam”, 2025. Sayt uchun qisqartirilib, amaliy formatda yangilangan.



